Endilikda banklar qarz evaziga olingan mol-mulklarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri sota oladi
O'zbekiston
“Qarzdorlik hisobiga banklar balansiga olingan mol-mulklar realizatsiyasini jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-142-sonli Prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, 2025-yil 1-maydan ustav fondida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan banklarga va ular huzuridagi investitsiya kompaniyalariga auksionda sotilmasdan qarzdorliklarni so‘ndirish evaziga bank balansiga olingan mol-mulklarni bozor qiymatida to‘g‘ridan to‘g‘ri sotishga, shu jumladan, kredit, bo‘lib-bo‘lib to‘lash, lizing shartnomalari yoki qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa bitimlar orqali sotishga ruxsat etiladi.
Tijorat banklariga qarzdorliklarni so‘ndirish evaziga bank balansiga qabul qilingan bino-inshootlar, texnologik uskunalar va boshqa mol-mulklar negizida tijorat banklari huzuridagi investitsiya kompaniyalari orqali to‘xtab qolgan ishlab chiqarish (xizmat ko‘rsatish) faoliyatini tiklab, ularni tayyor biznes sifatida salohiyatli investorlarga sotish huquqi beriladi.
2025-yil 1-sentyabrdan da’vo arizasi bo‘yicha ishni soddalashtirilgan ish yuritish tartibida ko‘rib chiqish uchun da’voning maksimal bahosi yuridik shaxslarga nisbatan BHMning 150 baravarigacha, yakka tartibdagi tadbirkorlarga nisbatan 100 baravarigacha, jismoniy shaxslarga nisbatan 50 baravarigacha oshiriladi.

Powered by Froala Editor