Endilikda faqat jabrlanuvchining arizasiga binoan ish yuritilishi mumkin
O'zbekiston
Yangi qonun loyihasi bilan ayrim toifadagi ishlar bo‘yicha ma’muriy huquqbuzarliklar faqat jabrlanuvchining arizasiga asosan boshlanishi belgilanmoqda.
18-mart kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda deputatlar tomonidan qonunchilik tashabbusi huquqi asosida ishlab chiqilgan “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.
Mazkur loyiha O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga xususiy ayblov institutini joriy etishni nazarda tutadi. Bu esa ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni yuritish amaliyotiga muhim o‘zgarishlar kiritadi.
Shuningdek, qonun loyihasida jabrlanuvchi nochor ahvolda bo‘lgani, voyaga yetmaganligi, huquqbuzarga qaram bo‘lgani yoki boshqa sabablar tufayli o‘z huquq va manfaatlarini himoya qila olmaydigan holatlarda vakolatli organning mansabdor shaxsi jabrlanuvchining arizasiz ham ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni yuritishni boshlashi shartligi ko‘zda tutilmoqda.
Qonun loyihasining qabul qilinishi jabrlanuvchilarning huquq va erkinliklarini yanada ishonchli himoya qilishga xizmat qiladi. Bu esa mamlakatda adolat tamoyillarining yanada mustahkamlanishiga zamin yaratadi.
Deputatlar qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildilar.

Powered by Froala Editor