Endilikda majburiy tibbiy sug'urta tizimi joriy qilinadi
O'zbekiston
Prezident tibbiy xizmatlar sifatini oshirish, ajratilayotgan mablag'lar o'z egasiga yetib borishini ta'minlash uchun majburiy tibbiy sug'urta tizimini albatta qonun bilan mustahkamlab qo'yish vaqti kelganini ta'kidladi.
Parlament faoliyatida yutuqlar bilan birga e'tibordan chetda qolgan masalalar ham bo'lgani qayd etildi. Prezident ularning ayrimlariga to'xtalib o'tdi.
"Xususiy maktab va bog'cha quraman", degan investorlarni qo'llab-quvvatlash, ularga yanada keng sharoitlarni yaratib berish masalalariga e'tibor berish lozim.
Moliyaviy texnologiyalar, raqamli "market-pleys"lar, "veb-servis", "bond omborlari" kabi yangi tijorat maydonlari kundalik hayotimizga jadal kirib kelmoqda. Shu nuqtai nazardan, franchayzing, kapital bozori, "startap"lar sohasidagi munosabatlarning qonuniy asoslarini yaratish zarur.
Shuningdek, sun'iy intellektni qo'llash orqali yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga solishning huquqiy asoslarini yaratish masalasiga ham alohida e'tibor qaratish juda muhimligini aytib o’tdi.

Powered by Froala Editor