Prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Qonunchilik palatasining saylovdan keyingi birinchi majlisida nutq soʻzladi
Siyosat
Davlatimiz rahbari soʻzining avvalida Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga saylovda deputat degan sharafli nomga sazovor boʻlganlarni tabrikladi.
Bu yuksak ishonch ularning boy bilimi va hayotiy tajribasi, el-yurtimiz farovonligi yoʻlida qilayotgan fidoyi mehnatiga nisbatan xalqimizning ulkan hurmat va ehtiromi ifodasi ekani taʼkidlandi.
Prezident partiyalar saylov kampaniyasi davomida ilgari surgan va xalqimiz qoʻllab-quvvatlagan har bir taklif albatta koʻrib chiqilishi va amalga oshirilishini aytib o’tdi.
Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – _Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi_ning xususiy mulk daxlsizligini kuchaytirish, tadbirkorlik muhitini yaxshilash haqidagi takliflari qoʻllab-quvvatlandi.
Prezidentimiz “Milliy tiklanish” _demokratik partiyasi_ning maktablarda muallimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish, farzandlarimizni milliy qadriyatlarimiz ruhida tarbiyalash, ularga ona tili va chet tillarni oʻrgatish uchun yanada keng sharoitlar yaratishga oid takliflariga qoʻshildi.
_Oʻzbekiston Xalq-demokratik partiyasi_ning nogironligi boʻlgan shaxslar uchun sharoitlarni yanada yaxshilash, aholimizning pensiyaga chiqishdagi kafolatli huquqlarini yanada mustahkamlash boʻyicha tashabbuslarini qoʻllab-quvvatladi.
_“Adolat” sotsial-demokratik partiyasi_ning istirohat bogʻlari, sayilgoh, xiyobonlarni xususiylashtirishni taqiqlash boʻyicha pozitsiyasi, dorilar ustidan nazoratni kuchaytirish, narxlar sunʼiy oshishini oldini olish, retseptsiz dorilar roʻyxatini qisqartirish boʻyicha intilishlarini maʼqulladi.
_Ekologik partiya_ning davlat organlari va korxonalar hududida yashil bogʻlar tashkil etish, ekologik madaniyatni yuksaltirish boʻyicha dastur qabul qilish haqidagi takliflari qoʻllab-quvvatlandi.

Powered by Froala Editor