Energiya samaradorligi: Qurilishda yangi materiallar qo‘llaniladi

O'zbekiston

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligidagi yig‘ilishda qurilishda energiya tejaydigan materiallardan foydalanish imkoniyatlari muhokama qilindi. Bazalt xomashyosi qayta ishlanib, yangi uy-joy va ijtimoiy obyektlarda energiya sarfini 20 foizgacha kamaytirishga erishilgani ta’kidlandi.

Energiya samaradorligi: Qurilishda yangi materiallar qo‘llaniladi
Shuningdek, mutaxassislar qurilishda quyosh nurini qaytaruvchi oyna, fibro tolali panel va vermikulit aralashmasi kabi materiallar qo‘llansa, energiya sarfini yana ikki baravar qisqartirish mumkinligini qayd etishdi. Ammo ayni paytda talab yuqori bo‘lgan quyoshni qaytaruvchi maxsus oynalar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilmagani aytib o‘tildi.

Quvasoydagi “Kvars” korxonasi ushbu muammoga yechim topish uchun 20 million dollar investitsiya kiritishni rejalashtirmoqda va yillik 5 million kvadrat metr maxsus oynalar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish tashabbusini ko‘rsatmoqda.

Prezident mazkur loyihani qo‘llab-quvvatladi va mutasaddilarga uni amalga oshirish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berdi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing