Erdoʻgʻan bugun Ozarbayjonga boradi

Dunyo

Turkiya rahbari 25-sentabr kuni Ozarbayjonning Naxchivan Muxtor Respublikasiga jo‘nab ketadi. Tashrif Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan amalga oshirilmoqda.

Erdoʻgʻan bugun Ozarbayjonga boradi
Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo'g'an bugun bir kunlik ish safari bilan Ozarbayjonning Naxchivan Muxtor Respublikasiga boradi. Bu haqda Turkiya Prezidenti ma’muriyatining aloqa bo‘limi bayonotida keltirilgan.

Tashrif Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan amalga oshirilmoqda. Bayonotga ko'ra, liderlar ikki tomonlama Turkiya-Ozarbayjon munosabatlarini muhokama qiladi.

Shuningdek, dolzarb mintaqaviy va xalqaro muammolar, birinchi navbatda Ozarbayjonning Qorabog‘ mintaqasidagi so‘nggi voqealar yuzasidan fikr almashiladi.

Turkiya va Ozarbayjon Prezidentlari Igdir-Naxchivon gaz quvurining poydevorini qo‘yish va modernizatsiya qilingan Naxchivan harbiy majmuasining ochilish marosimida ishtirok etishi kutilmoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing