Erdo‘g‘an davlat to'ntarishi xavfi tufayli favqulodda yig'ilish o’tkazdi
Siyosat
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an razvedka va Adliya vazirligi rahbarlari bilan favqulodda yig‘ilish o‘tkazdi. Bu uning ittifoqdoshi, Millatchi Harakat partiyasi (MHP) yetakchisi Devlet Bahcheli huquqni muhofaza qilish organlari saflarida davlat to'ntarishiga urinish ehtimoli to'g'risida ogohlantirganidan so'ng sodir bo’ldi.
Bu haqda Türkiye gazetasiga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.
Ta'kidlanishicha, mamlakatda Anqara xavfsizlik boshqarmasida bir qator politsiya xodimlarining ishdan bo'shatilishi katta shov-shuvga sabab bo'lgan.
Agentlik maʼlumotlariga koʻra, bu zobitlar “Ayhan Bora Kaplan” jinoiy tashkilotiga aloqadorlikda ayblanmoqda. Ularning uylarida tintuvlar o‘tkazildi.
Avvalroq Erdo‘g‘anning AQShga tashrifi uning va AQSh yetakchisi Jo Baydenning ish jadvali o‘rtasidagi nomuvofiqlik tufayli qoldirilgani xabar qilingandi.

Powered by Froala Editor