Erdo‘g‘an Falastin muammosini hal qilish yo‘lini aytdi

Dunyo

Turkiya Prezidentiga ko‘ra, gap poytaxti Sharqiy Quddus boʻlgan Isroil va Falastin davlatining suverenitetini tan olish haqida bormoqda.

Erdo‘g‘an Falastin muammosini hal qilish yo‘lini aytdi
Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Falastin muammosini hal qilish muqarrar ekanligini va buning yagona yo‘lini aytdi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.

“Isroil va Falastin o‘rtasidagi harbiy qarama-qarshilik Falastin mojarosini 1967-yilgi chegaralar doirasida ikki davlat mavjudligi tamoyili asosida hal qilishning muqarrarligini tasdiqladi”, deydi Turkiya rahbari.

Erdo‘g‘an ikki davlat ham tan olinishi kerakligini, ammo Sharqiy Quddus Falastin poytaxti bo‘lishi lozimligini ta’kidladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing