Erdo‘g‘an: Ormuz bo‘g‘ozi atrofidagi inqiroz neft narxlariga bosimni davom ettiradi
Dunyo
Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Ormuz bo‘g‘ozi atrofidagi boshi berk vaziyat saqlanib qolayotgan ekan, neft narxlarining o‘sishi davom etishini bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mojaro oqibatlari nafaqat Eron va Fors ko‘rfazi mamlakatlariga, balki jahon iqtisodiyotiga ham ta’sir qilmoqda.
Erdo‘g‘an bu haqda Anqarada Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishidan so‘ng ma’lum qildi. Turkiya rahbari neft narxlarining ko‘plab mamlakatlarda, jumladan AQShda ham oshayotganini qayd etdi va vaziyatni «Isroilning provokatsiyalari va gijgijlashi» natijasida boshlangan urush bilan bog‘ladi.
«Isroilning provokatsiyalari va gijgijlashi sabab boshlangan urush hisobini nafaqat Eron xalqi, balki butun dunyo to‘lamoqda. Bu radikal yondashuv o‘zgarmas ekan, inqiroz bo‘roni tinmaydi», — dedi Erdo‘g‘an xalqqa murojaatida.
Shu bilan birga, prezident Turkiya iqtisodiyoti rivojlanish va o‘sish yo‘lida qolayotganini ta’kidladi. U 6-sentabr kuni e’lon qilingan yangilangan o‘rta muddatli iqtisodiy dasturni ushbu siyosatning davomi sifatida baholadi. Erdo‘g‘anning ta’kidlashicha, mavjud qiyinchiliklarga qaramay, hukumat ishlab chiqarish va investitsiyalarga yo‘naltirilgan siyosatdan voz kechmaydi hamda inflyatsiyaga qarshi kurashni davom ettiradi.
6-sentabr kuni Turkiya vitse-prezidenti Javdet Yilmaz yangilangan o‘rta muddatli dasturni taqdim etib, 2026-yil uchun yillik inflyatsiya prognozi 16 foizdan 28,4 foizgacha oshirilganini ma’lum qildi.
Mojaro fonida neft infratuzilmasi va tankerlarga qarshi hujumlar davom etmoqda. 5-sentabr kuni Pentagonning Markaziy qo‘mondonligi AQSh kuchlari Xark oroli yaqinida, Jask hududi va Ummon ko‘rfazida uchta Eron neft tankeriga hujum qilganini bildirdi. Bunga javoban Eron kuchlari Ormuz bo‘g‘ozida AQSh bilan aloqador uchta neft tankeriga zarba berdi.
Keyinchalik Reuters Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi AQShning aviatashuvchi kemasi va esminetsiga ballistik raketa bilan zarba berganini xabar qildi. Bloomberg dushanba kuni Goldman Sachs Yaqin Sharqda tankerlarga hujumlar soni oshsa, neft narxi barreliga $120 gacha ko‘tarilishini kutayotganini ma’lum qildi.

Powered by Froala Editor