Erdo‘g‘an Putinning Ukraina bilan muzokaralar haqidagi so‘zlarini samimiy deb hisobladi
Dunyo
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo'g'an Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Ukrainadagi mojaroni hal qilish haqidagi bayonotlari samimiy ekanini ta’kidladi.
Putin amerikalik jurnalist Taker Karlsonga bergan intervyusida Rossiya va Ukraina oxir-oqibat murosaga kelishiga ishonch bildirdi va xalqlar o‘rtasidagi munosabatlarni tiklash vaqt talab qilsa-da, Ukrainadagi vaziyatni muloqot orqali hal etish tarafdori ekanini aytdi.
"Tan olishim kerak, janob Putinning so'zlari samimiy bo'lib chiqdi. Biz Istanbul jarayoni deb nomlanuvchi muzokaralar doirasida samimiyat bilan ish tutdik. Vazirlarimiz Rossiya tomoni bilan bu borada muzokaralar olib borishdi. Natija uchun harakat qildik, ammo tinchlikka erishilmadi. Shunga qaramay, biz tinchlikka intilishdan to’xtamaymiz. Tinchlikni ta’minlash uchun qo‘limizdan kelgan barcha ishni qilishda davom etamiz”, — dedi Turkiya rahbari Misrdan qaytgach, jurnalistlar bilan suhbatda. Shuningdek, u Anqara tashqi ta’sirlardan xoli boshqaruv jarayoni orqali tinchlikka erishish yo‘lidagi sa’y-harakatlarni qaytadan boshlashga tayyorligini bildirdi.
Qolaversa, Erdo‘g‘an Turkiyaning Putin va Zelenskiy bilan uchrashuvlar orqali tinch yo‘l bilan yechim izlashda davom etishini ta’kidladi. "Biz boshidanoq urush o'rniga adolatli tinchlikka chaqirganmiz va shu tamoyilni hisobga olgan holda harakat qilishda davom etmoqdamiz", — dedi u.

Powered by Froala Editor