Erdog‘an: Turkiyani ko‘chadan topishmagan
Dunyo
Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an mamlakatda davom etayotgan norozilik namoyishlariga qarshi keskin munosabat bildirdi. U hukumat hech qachon "ko‘cha terroriga" bo‘yin egmasligini ta’kidlab, muxolifatni tartibsizliklarni avj oldirishda aybladi. Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, muxolifat vakillari turk xalqining barqarorligiga tahdid solib, aholini mitinglarga chorlash orqali politsiya xodimlariga hujum qilmoqda.
Erdog‘anning ta’kidlashicha, hukumat mamlakatda tartibsizliklarning oldini olish uchun barcha choralarni ko‘radi.
"Marginal guruhlarga ergashish, politsiyamizga hujum qilish, sudyalarimiz va prokurorlarimizga tahdid solish, demokratiya va milliy iroda bilan o‘ynash, noqonuniy va no-demokratik yo‘llarga murojaat qilish bilan bu davlatda hech narsaga erishib bo‘lmaydi. Turkiya — bu shunchaki ko‘chadan topilgan davlat emas. Turkiya ko‘cha terroriga bo‘yin egmaydi", — dedi Erdog‘an.
Prezident namoyishlarni noqonuniy deb atab, ularning ortida korrupsiyaga qarshi operatsiyalar bahonasida noqonuniy boylik orttirish va talonchilik sxemalarini yashirishga urinishlar borligini aytdi.
20-mart kuni Erdog‘an Istanbul meri Ekrem Imamo‘g‘lu hibsga olinishi bo‘yicha ilk bor ommaviy bayonot berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, muxolifat ushbu hibsni siyosiylashtirishga urinib, o‘z muammolarini yashirishga harakat qilmoqda.
"Muxolifat Imamo‘g‘lu ishi bo‘yicha ko‘plab hujjatlar va ma’lumotlarni aynan o‘z amaldorlari sud organlariga taqdim etganini yaxshi biladi. Respublika xalq partiyasining muammolari – bu mamlakatimiz yoki xalqimizning muammosi emas. Bu faqat ularning shtab-kvartiralaridagi bir hovuch ochko‘z odamlarga tegishli. Bizda na partiya, na ittifoq sifatida ularning shoulariga vaqt yo‘q", — dedi Erdog‘an.

Powered by Froala Editor