Erdo‘g‘an va Putin Yaqin Sharqdagi vaziyatni muhokama qildi

Siyosat

Rossiya va Turkiya Prezidentlari “tinch aholi qurbonlari soni ortib borayotgani va G‘azo sektoridagi gumanitar vaziyatning halokatli darajada yomonlashuvidan chuqur xavotirda” ekanini bildirdi.

Erdo‘g‘an va Putin Yaqin Sharqdagi vaziyatni muhokama qildi
Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an va Rossiya yetakchisi Vladimir Putin oʻrtasida telefon suhbati boʻlib oʻtdi. Unda Falastin-Isroil mojarosining keskinlashuvi muhokama qilindi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar berdi.

Bildirilishicha, tomonlar tinch aholi orasida qurbonlar soni ortib borayotgani va G‘azo sektorida gumanitar vaziyat yomonlashganidan xavotir bildirib, turar-joy binolari, diniy va ijtimoiy ob'ektlarga zarba berishga yo'l qo'yilmasligi kerakligini ta'kidlagan.

Rossiyaning BMT Xavfsizlik Kengashi orqali amalga oshirgan sa’y-harakatlari, shuningdek, Turkiyaning qon to‘kilishini to‘xtatish va muhtojlarga gumanitar yordamning to‘siqsiz yetkazilishini ta’minlashga qaratilgan siyosiy va diplomatik qadamlari ko‘rib chiqilgan.

"Rossiya va Turkiyaning pozitsiyalari deyarli bir - biriga mos kelishi va Isroil bilan tinchlik va xavfsizlikda birga yashaydigan mustaqil Falastinni yaratishni nazarda tutuvchi ikki davlatning mashhur formulasini amalga oshirishga qaratilganligi ta'kidlandi", deyiladi xabarda.


Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing