Eron AQSHning Hormuzga aralashuvini qat’iyan rad etdi

Dunyo

Eron AQSHning Hormuz bo‘g‘ozini boshqarishiga yo‘l qo‘ymasligini ma’lum qilib, Tehron va Vashington o‘rtasidagi keskin bayonotlar almashinuvini yanada kuchaytirdi.

Eron AQSHning Hormuzga aralashuvini qat’iyan rad etdi
Eron Qurolli kuchlarining «Xotam al-Anbiyo» markaziy shtabi har qanday sharoitda ham AQSHning Hormuz bo‘g‘ozini boshqarish masalalariga aralashishiga yo‘l qo‘yilmasligini bildirdi. Tegishli bayonot Eron davlat OAVlari orqali e’lon qilindi.

Bu bayonot AQSH Prezidenti Donald Trampning Vashington Hormuz bo‘g‘ozi xavfsizligini ta’minlash va buning uchun kompensatsiya olish niyatida ekanligi haqidagi so‘zlariga javob bo‘ldi. Tramp AQSH xalqaro kemalar qatnovi xavfsizligini ta’minlashda asosiy rolni o‘z zimmasiga olishi mumkinligini ta’kidlagan edi.

Hormuz bo‘g‘ozi jahon neft va gaz tashuvlarining eng muhim yo‘laklaridan biri hisoblanadi. AQSH va Eron o‘rtasidagi qarama-qarshilik davom etayotgan bir paytda tomonlarning navbatdagi bayonotlari mintaqadagi keskinlik hanuz yuqori darajada saqlanayotganini ko‘rsatmoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing