Eron noroziliklarni bostirish bo‘yicha ma’lumot e’lon qildi
Dunyo
Eron hukumati umumxalq noroziliklarini bostirish oqibatida halok bo‘lganlar sonini ilk bor rasman e’lon qildi. Ichki ishlar vazirligi va Shahidlar hamda faxriylar ishlari jamg‘armasi ma’lumotiga ko‘ra, 3 117 kishi halok bo‘lgan.
Rasmiy bayonotda aytilishicha, 2 427 nafar qurbon tinch aholi vakillari va xavfsizlik kuchlari xodimlaridir. Boshqa toifalar bo‘yicha tafsilotlar keltirilmagan. Avvalroq rasmiylar bunday ma’lumotlarni oshkor qilmagan yoki, kuzatuvchilarga ko‘ra, raqamlarni kamaytirib ko‘rsatgan.
AQShda joylashgan HRANA (Human Rights Activists) tashkiloti esa kamida 4 902 kishi halok bo‘lganini ma’lum qilmoqda va haqiqiy raqamlar bundan ham yuqori bo‘lishi mumkinligini ta’kidlaydi. Tashkilot Eron ichidagi faollar tarmog‘iga tayanadi va yillar davomida ishonchli manba sifatida tanilgan.
Mustaqil baholashlar hukumat cheklovlari sabab qiyinlashdi: internet uzildi, xalqaro qo‘ng‘iroqlar bloklandi, jurnalistlar faoliyati keskin cheklab qo‘yildi. Davlat televideniyesi esa norozilik namoyishchilarini AQSh va Isroil tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan “tartibsizchilar” deb atadi, ammo dalillar keltirmadi.
Huquq himoyachilariga ko‘ra, qariyb 26 500 kishi hibsga olingan. Rasmiylarning bayonotlari ayrim mahbuslar o‘lim jazosiga hukm qilinishi mumkinligi haqidagi xavotirlarni kuchaytirdi — Eron dunyoda eng ko‘p qatl jazosi qo‘llaniladigan davlatlardan biri hisoblanadi.
Noroziliklar vaqtincha to‘xtagan bo‘lsa-da, yangi ma’lumotlar paydo bo‘lishi bilan qurbonlar soni oshishi mumkinligi haqida ogohlantirilmoqda. Joriy voqealar ko‘lami so‘nggi o‘n yilliklardagi aksariyat norozilik to‘lqinlaridan oshib ketdi va 1979 yilgi inqilob davridagi beqarorlikni eslatmoqda.

Powered by Froala Editor