Eron prezidenti Ibrohim Raisiy vertolyot qulashi oqibatida halok bo‘ldi

Dunyo

Eron prezidenti Ibrohim Raisiy 19-may kuni Eronning Sharqiy Ozarbayjon viloyatida vertolyot qulashi oqibatida halok bo‘ldi, deya xabar bermoqda “Mehr” axborot agentligi.

Eron prezidenti Ibrohim Raisiy vertolyot qulashi oqibatida halok bo‘ldi
U 64 yoshda edi. Shuningdek, tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullohiyan, Eronning Sharqiy Ozarbayjon viloyati gubernatori Malik Rahmati va Tabrizdagi juma namozi imomi Oyatulloh Muhammad Ali Ale-Hoshem, vertolyot ekipaji va bir xavfsizlik xodimi halok bo‘lgan.

Ibrohim Raisi bo‘lgan vertolyot 19-may kuni Eron delegatsiyasining amaliy tashrifidan so‘ng Ozarbayjondan qaytayotgan edi. Sharqiy Ozarbayjon viloyatining Arsbaran tumanida qulab tushdi va g‘oyib bo‘ldi. U 73 qutqaruv guruhi tomonidan 10 soatdan ortiq qidirildi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing