Eron rasmiylari tartibsizliklar ishi bo‘yicha 139 nafar chet ellikni hibsga oldi
Dunyo
Eron hukumati 139 nafar chet el fuqarosi hukumatga qarshi namoyishlarni tashkil etishda gumon qilinib qo‘lga olinganini bildirdi. Hibsga olishlar mamlakat markazidagi Yazd shahrida, davom etayotgan tartibsizliklar fonida amalga oshirilgan.
Davlat OAVlariga ko‘ra, qo‘lga olinganlar tartibsizliklarni tashkil etish, qo‘zg‘atish va muvofiqlashtirishda ishtirok etgan, ayrimlari esa xorijdagi tarmoqlar bilan aloqada bo‘lgan.
Yazd shahri politsiya boshlig‘i Ahmad Negahban ularning shaxsi namoyishlar bilan bog‘liq tergov jarayonida aniqlanganini aytdi. Hibsga olinganlarning qaysi davlat fuqarolari ekani ochiqlanmadi.
Mamlakatda yashash xarajatlarining oshishi sabab boshlangan namoyishlar keyinchalik keng ko‘lamli hukumatga qarshi aksiyalarga aylangan.
Qurbonlar soni esa hanuz bahsli bo‘lib qolmoqda. Eron rasmiylari minglab qurbonlar haqida ma’lum qilgan bo‘lsa, huquq himoyachilari halok bo‘lganlar soni bundan ancha yuqori ekanini ta’kidlamoqda.
Rasmiy Tehron namoyishlar tashqi kuchlar tomonidan qo‘zg‘atilganini iddao qilib, bu borada AQSh va Isroilni ayblamoqda. Huquq tashkilotlari esa mamlakat bo‘ylab ommaviy hibslar va namoyishlarning keskin bostirilgani haqida xabar bermoqda.

Powered by Froala Editor