Eron, Rossiya va Xitoy qo'shma dengiz mashqlarini o'tkazadi

Siyosat

“Eron mart oyi oxirigacha Xitoy va Rossiya bilan dengiz mashqlarini o‘tkazishni rejalashtirmoqda”, — dedi Eron dengiz floti bosh qo‘mondoni kontr-admiral Shahram Eroniy. Unga ko‘ra, mashg‘ulotlarning dastlabki boshlanish sanasi 19-martga belgilangan. Rossiya va Xitoydan tashqari, Eron boshqa davlatlarni ham mashg’ulotlarda ishtirok etishga taklif qildi.

Eron, Rossiya va Xitoy qo'shma dengiz mashqlarini o'tkazadi
Shahram Eroniyning fikricha, mashg’ulotlardan maqsad — mintaqaviy xavfsizlikni ta'minlash va umumiy manfaatlarni himoya qilishdir. 2023-yilning mart oyida Rossiya, Eron va Xitoy Ummon ko‘rfazida “Dengiz xavfsizligi kamari-2023” deb nomlangan harbiy-dengiz mashqlarini o‘tkazdi. Rossiya tomoni Shimoliy flotning kemalari, shu jumladan “Sovet Ittifoqi flotining admirali Gorshkov” harbiy kemasi va o'rta dengiz tankeri “Kama” bilan ishtirok etdi.

Shuningdek, fevral oyida Rossiya va Xitoy Janubiy Afrika Respublikasi bilan uning qirg‘oqlarida qo‘shma dengiz mashqlarini o‘tkazdi, bu so‘nggi yillardagi to‘rtinchi qo‘shma mashg‘ulot bo’ldi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing