Eron Rossiyaga olimlar uchun vizani bekor qilishni taklif qildi

Dunyo

Eronning Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasi maslahatchisi Hodi Gudarzi birinchi navbatda olimlar, professorlar va universitet xodimlari uchun vizasiz sayohatlar joriy etilishi mumkinligini ta'kidladi.

Eron Rossiyaga olimlar uchun vizani bekor qilishni taklif qildi
Eron Rossiya tomoniga ikki davlat olimlari uchun sayohat vizalarini bekor qilishni taklif qildi. Bu haqda Eronning Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasi maslahatchisi Hodi Gudarziy “TASS” agentligiga ma’lum qildi.

“Birinchidan, olimlar, professorlar va universitet xodimlari uchun Rossiya va Eronga sayohat qilishlari uchun vizasiz sayohatni yoʻlga qoʻyishimiz mumkin. Taklif allaqachon Rossiyadagi hamkasblarimizga yuborilgan, biz hozir uning ustida ishlayapmiz. Bu haqda Rossiya TIVdagi hamkasblarimiz bilan gaplashamiz", degan diplomat.

“Rossiya va Eron universitetlarida ilmiy ishlar bilan shug‘ullanayotgan olimlarimiz, hamkasblarimizning erkin sayohat qilishlarini ta’minlashga harakat qilamiz. Bu ikki davlat olimlarining akademik sayohatini nazarda tutadi”, dedi Gudarzi.

2023-yilning 1-avgustidan boshlab Rossiya va Eron o‘rtasida guruhli vizasiz sayohatlar yo‘lga qo‘yildi. Shartnoma 2021-yil 1-iyulda tuzilgan. Uning doirasida ikki davlat fuqarolari boshqa davlatga turistik maqsadlarda 50 kishigacha bo‘lgan guruhlarda 15 kundan ortiq bo‘lmagan muddatga vizasiz tashrif buyurishlari mumkin.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing