Eron "Simorgh" raketasi yordamida uchta sun'iy yo'ldosh uchirdi
Dunyo
ISNA agentligining xabar berishicha, uchirish Islom inqilobining 45 yilligi munosabati bilan amalga oshirilgan.
Eron mamlakat Mudofaa vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan ikki bosqichli "Simorgh" raketasi yordamida uchta sun’iy yo‘ldoshini muvaffaqiyatli uchirdi. Bu haqda ISNA agentligi xabar berdi.
Unga ko‘ra, 450 km balandlikdagi orbitaga og‘irligi 32 kg bo‘lgan "Mahda" sun’iy yo‘ldoshi va og‘irligi 10 kg dan kam bo‘lgan ikkita “Kayhan-2” va “Hatef-1” nanosun’iy yo‘ldoshi chiqarilgan. “Mahda” Eron kosmik tadqiqotlar markazi tomonidan raketa-tashuvchining yuklarni orbitaga yetkazishdagi aniqligini tekshirish uchun ishlab chiqilgan. Ikki nanosun’iy yo‘ldosh tor polosali aloqa va geopozitsiya tizimlarini sinab ko‘rish uchun mo‘ljallangan.
ISNA tomonidan qayd etilishicha, uchirish Islom inqilobining 45 yilligi munosabati bilan amalga oshirilgan.

Powered by Froala Editor