Eron sobiq prezidentining halokat sababi aniqlandi
Dunyo
Eron sobiq prezidenti Ibrohim Raisi halok bo‘lgan vertolyot halokati sababi aniqlanib, hodisa baxtsiz voqea sifatida baholandi. Bu haqda Eronning Fars axborot agentligi xabar berdi.
Eron xavfsizlik xizmati va razvedka organlari tomonidan o‘tkazilgan keng qamrovli tekshiruv natijalari hodisani sabotaj emas, balki oddiy baxtsiz voqea ekanligini tasdiqladi. Halokatda inson omilining roli mutaxassislar tomonidan o‘rganilgan, biroq 30 ming kishilik tekshiruvdan keyin bu versiya rad etildi.
Shuningdek, tekshiruv natijalariga ko‘ra, vertolyot bortida belgilanganidan ortiq yo‘lovchi bo‘lgani aniqlandi. Bu omil vertolyotning kerakli balandlikni olishiga to‘sqinlik qildi va natijada tuman sharoitida vertolyot tog‘ga urilib halokatga uchradi.
Ma'lumot uchun, mazkur hodisa 19 may kuni Eronning shimoli-g‘arbiy qismida, Verzegan hududida yuz berdi. O‘shanda delegatsiya Ozarbayjonga tashrifdan so‘ng Tehronga qaytayotgan edi. Vertolyotda prezident Ibrohim Raisi, tashqi ishlar vaziri Huseyn Amir Abdollohiyon va boshqa rasmiylar bo‘lgan.

Powered by Froala Editor