Eron vitse-prezidenti o‘n kun ishladi va iste’foga chiqdi

Siyosat

Eronning strategik masalalar bo‘yicha vitse-prezidenti Javod Zarif o‘z lavozimiga tayinlanganidan bor-yo‘g‘i o‘n kun o‘tib iste’foga chiqdi. Zarif bu qarorini 11-avgust kuni X ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qildi.

Eron vitse-prezidenti o‘n kun ishladi va iste’foga chiqdi
Zarif Eron hukumatini shakllantirish uchun nomzodlarni saralashda faol ishtirok etgan bo‘lsa-da, ayollar, yoshlar va etnik ozchiliklarning ishtiroki masalasini yetarlicha e’tiborga ololmaganini ta’kidladi. Shu sababli, u universitetda o‘qituvchilik faoliyatiga qaytishga qaror qildi.

Zarif Eron siyosatida islohotparvarlar qanotining yetakchi vakili sifatida tanilgan. U 2015-yilda Eron yadroviy kelishuvini ishlab chiqishda faol qatnashgan. Zarif, shuningdek, AQSh bilan muloqot qilishni qo‘llab-quvvatlagani uchun konservatorlar tomonidan tanqid qilingan.

12-avgust kuni Zarif o‘z qarori prezident Pizeshkiyanga nisbatan umidsizlik emasligini, balki uning vitse-prezident sifatidagi foydaliligiga shubha qilishini aytdi. U, shuningdek, Eronni rivojlantirish yo‘lida barcha vatanparvarlarni prezidentni qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing