Eron xavfsizlik uchun, Afg‘oniston chegarasiga mustahkam devor quryapti
Dunyo
Ushbu loyihani Eron rasmiylari noqonuniy immigratsiya, narkotik moddalar kontrabandasi va terrorchilar harakatini oldini olishga qaratilgan muhim qadam sifatida baholamoqda.
Eronning Shimoli-sharqiy quruqlik qo‘shinlari qo‘mondoni Siros Amanullahi ma’lum qilishicha, Afg‘oniston bilan chegarani yopish loyihasi 2024-yil may oyida boshlangan va uch yil davomida yakunlanishi rejalashtirilgan.
Ushbu loyiha doirasida 300 kilometr uzunlikdagi devor quriladi, bu ishni Eron armiyasining to‘rt muhandislik guruhi amalga oshirmoqda. Loyiha uchun Eron hukumati uch milliard yevro ajratgan.
Devor to‘rt metr balandlikda qurilib, sun‘iy intellekt texnologiyalari orqali kuzatuv tizimlari bilan jihozlanadi. Bundan tashqari, ogohlantiruvchi radarlar va dronlardan foydalanib, chegara hududlari muntazam nazorat qilinadi. Shu kungacha 80 kilometr devor qurib bitkazilgan.
Eron armiyasining Janubi-sharqiy mintaqaviy shtabi qo‘mondoni Amir G‘olamalianning ta’kidlashicha, bu xavfsizlik choralari nafaqat jismoniy to‘siq, balki zamonaviy texnologiyalar asosida amalga oshirilmoqda.
Afg‘oniston hukumati, xususan, Islomiy Amirlik vakili Zabihulloh Mujohid, bu choralarga nisbatan murosali pozitsiyani bildirgan. U Eronning ichki masalalariga hurmat bildirib, ushbu loyihani Afg‘oniston bilan kelishuv asosida amalga oshirilayotganini ta’kidlagan.
Shuningdek, Mujohid qo‘shni davlatlarga Afg‘oniston hududidan hech qanday tahdid yo‘qligini ma’lum qilgan.

Powered by Froala Editor