Mo‘g‘ulistonda O‘zbekiston prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi

O'zbekiston

Ulan-Batorda Mo‘g‘ulistonga davlat tashrifi bilan kelgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi.

Mo‘g‘ulistonda O‘zbekiston prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi
Davlatimiz rahbari va rafiqasini Mo‘g‘uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux rafiqasi bilan kutib oldi. Suxe- Botir maydonida oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Harbiy orkestr ikki davlat madhiyalarini ijro etdi.

Yetakchilar faxriy qorovul safi oldidan o‘tib, rasmiy delegatsiyalar a’zolarini qutladilar. Marosimdan so‘ng Shavkat Mirziyoyev Mo‘g‘uliston davlat saroyidagi Faxriy mehmonlar kitobiga dastxat yozib qoldirdi.

Keyingi bosqichda oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing