Mirziyoyev Mo‘g‘ulistonga davlat tashrifi bilan keldi
O'zbekiston
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Mo‘g‘uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsuxning taklifiga binoan rafiqasi bilan birga davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatga keldi.
O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston davlat bayroqlari bilan bezatilgan Ulan-Bator shahrining "Buyant-Uхаа" xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Mo‘g‘uliston tashqi ishlar vaziri Batmunx Batsetseg va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi. Oliy martabali mehmonlar sharafiga faxriy qorovul saf tortdi.
Tashrif doirasida bugun oliy darajadagi O‘zbekiston-Mo‘g‘uliston muzokaralari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Tashrif doirasida bugun oliy darajadagi O‘zbekiston-Mo‘g‘uliston muzokaralari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Powered by Froala Editor