Tramp Isroil va Eron o‘rtasidagi tinchlik uchun Nobel mukofotiga nomzod bo‘ldi
Dunyo
AQSH prezidenti Donald Tramp Isroil va Eron o‘rtasida yarashuvga erishishdagi roli uchun tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga nomzod bo‘ldi. Tegishli xatni Jorjiya shtatidan respublikachi kongressmen Baddi Karter Nobel qo‘mitasiga yuborgan.
Murojaatda ta’kidlanishicha, Tramp mojaro avj olishining oldini olishda "alohida va tarixiy rol" o‘ynagan, shuningdek, "terrorizmning eng yirik homiysi bo‘lgan davlat"ning "sayyoradagi eng halokatli qurol"ni olishiga yo‘l qo‘ymagan.
Karterning so‘zlariga ko‘ra, Tramp ko‘pchilik imkonsiz deb hisoblagan narsaga erishgan: "Asriy adovat va siyosiy beqarorlik hukmron bo‘lgan mintaqada bunday yutuqqa erishish ham jasorat, ham harakatlarning aniqligini talab qiladi."
"Prezident Tramp dunyoga noyob umid nurini taqdim etdi. Shu sabablarga ko‘ra, hurmat bilan AQShning 47-prezidenti Donald J. Tramp nomzodini tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga taqdim etaman," - deyiladi bayonotda.
Bu birinchi bunday tashabbus emas. Joriy yil boshida respublikachi kongressmen Darrell Ayssa ham Trampni mukofotga nomzod qilib ko‘rsatgan va uning 2024-yilgi saylovlardagi g‘alabasi "dunyoda tinchlikni mustahkamlashga hayratlanarli tarzda ta’sir ko‘rsatganini" ta’kidlagan edi.
Bundan tashqari, 21 iyun kuni Pokiston rasmiylari Islomobod va Nyu-Dehli o‘rtasidagi inqirozni hal qilishda vositachilik qilgani uchun Donald Trampning 2026 yilgi tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga nomzodini rasman e’lon qildi. Hujjatda ta’kidlanishicha, faol diplomatiya tufayli keng ko‘lamli mojaroning oldi olingan.

Powered by Froala Editor