Eronda norozilik namoyishlarida halok bo‘lganlar soni 1850 kishidan oshdi

Dunyo

Amerikaning Human Rights huquqni himoya qiluvchi tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, Eronda davom etayotgan norozilik namoyishlarida halok bo‘lganlar soni 1850 kishidan oshdi. Islom Respublikasida tartibsizliklar ketma-ket 17 kundirki to‘xtamayapti va mamlakatning o‘nlab shaharlarini qamrab oldi.

Eronda norozilik namoyishlarida halok bo‘lganlar soni 1850 kishidan oshdi
Huquq faollarining baholashicha, ushbu davr mobaynida hibsga olinganlar soni 16 ming kishidan oshgan. Xavfsizlik kuchlari tomonidan ommaviy reydlar, faollarni qo‘lga olish va axborot oqimini cheklash holatlari qayd etilmoqda.

Vaziyat keskinlashib borayotgan bir paytda AQSh prezidenti Donald Tramp norozilik namoyishlari ishtirokchilarini ochiq qo‘llab-quvvatladi. U Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qilgan xabarida yordam “yo‘lda ekanini” yozdi, biroq uning tafsilotlarini ochiqlamadi.

Eron rasmiylari esa voqealarni tashqi kuchlar tomonidan uyushtirilgan provokatsiya deb atab, qurbonlar haqidagi ma’lumotlarni tasdiqlamayapti.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing