Eronda Raisiy vafotidan keyin prezidentlik saylovlari uchun nomzodlarni ro‘yxatga olish boshlandi

Dunyo

Eron shu oy boshida vertolyot halokatida halok bo‘lgan marhum Ibrohim Raisiy o‘rniga navbatdan tashqari saylovlar oldidan prezidentlikka nomzodlarni rasmiy ro‘yxatga olishni boshladi, deb xabar bermoqda Al Jazeera.

Eronda Raisiy vafotidan keyin prezidentlik saylovlari uchun nomzodlarni ro‘yxatga olish boshlandi
Saylov dastlab 2025-yilga belgilangan edi, biroq Raisiy 19-may kuni vafot etganidan so‘ng 28-iyunga ko‘chirildi. Eron saylov qonunchiligiga ko‘ra, nomzodlar 40 yoshdan 75 yoshgacha va kamida magistr darajasiga ega bo‘lishi kerak.

Raisiy va uning yetti nafar hamrohi, jumladan tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullahiyon Eron shimolidagi tuman bilan qoplangan togʻ yonbagʻriga samolyot qulashi oqibatida halok boʻldilar.

Eron Oliy Rahbari Oyatulloh Ali Xomanaiy shundan so‘ng, konstitutsiyaga muvofiq ravishda, 68 yoshli vitse-prezident Muhammad Muxbarni muvaqqat prezident etib tayinladi.

Iyun oyidagi saylovlar Eronning ashaddiy dushmani Isroil va Tehron tomonidan qoʻllab-quvvatlanadigan Falastinning HAMAS guruhi oʻrtasida urush avj olgan va Eron yadroviy dasturi atrofida davom etayotgan diplomatik ziddiyatlar fonida, notinch paytda bo'lib o'tadi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing