Eyfel minorasi va Olimpiya halqalari atrofidagi bahslar

Dunyo

Parij meriyasi, Eyfel minorasiga o‘rnatilgan Olimpiya halqalarini qoldirishni taklif qildi, ammo bu qaror ko‘plab munozaralarga sabab bo‘lmoqda.

Eyfel minorasi va Olimpiya halqalari atrofidagi bahslar
2024 yilgi yozgi Olimpiya o‘yinlari munosabati bilan Parijning ramzi bo‘lgan Eyfel minorasi ulkan Olimpiya logotipi bilan bezatildi. Parij meri Ann Idalgo ushbu halqalarni minora ustida qoldirish niyatida ekanligini e'lon qildi va Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasi (XOQ) bu tashabbusni qo‘llab-quvvatlaganini ma'lum qildi. Ushbu halqalar yengilroq materiallardan tayyorlangan nusxasi bilan almashtirilishi mumkin.

Shaharning ko‘plab aholisi bu qarorni ma’qullaydi. Ularning fikricha, Olimpiya halqalari minoraga o‘ziga xos joziba qo‘shib, o‘yinlarni eslatib turadi. Idalgo aytganidek, bu Olimpiya o‘yinlari parijliklarning shaharni qayta sevib qolishiga sabab bo‘ldi.

Biroq, ko‘plab odamlar bu qarorga keskin qarshi chiqmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda minora asl holatida saqlanishi kerakligini va uni "buzmaslik"ni talab qiluvchi murojaatlar to‘plangan. Eyfel minorasining yaratuvchisi Gyustav Eyfelning avlodlari ham bu qarorga qarshi chiqishdi. Ular minoraning boshqa tashkilotlarning reklamasiga mo‘ljallanmaganligini ta'kidlamoqda.

Bundan tashqari, ular mer Idalgo tomonidan qabul qilingan qarorning huquqiy asosliligi haqida shubha bildirmoqda va arxitektura, tarix va dizayn mutaxassislaridan maslahat olishni talab qilmoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing