Fabio Kannavaro O‘zbekiston terma jamoasining yangi bosh murabbiyi bo‘ladi
Sport
2006-yilgi jahon chempioni Fabio Kannavaro O‘zbekiston milliy terma jamoasini boshqarishga rozilik berdi. Bu haqda mashhur insayder Fabrizio Romano xabar qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 52 yoshli italiyalik murabbiy jamoa bilan og‘zaki kelishuvga erishgan. Shartnoma shartlari bo‘yicha to‘liq kelishilgan, hujjatlar esa 24–48 soat ichida imzolanishi kutilmoqda.
Kannavaro ilgari «Guanchjou Evergrand», «Al-Nasr», «Benevento», «Udineze» va Zagrebning «Dinamo» klublarini boshqargan. U aprel oyida xorvat klubini tark etgan edi. Endi esa mutaxassis O‘zbekistonni Shimoliy Amerikada bo‘lib o‘tadigan JCH-2026ga tayyorlaydi.

Powered by Froala Editor