Falastin aholisini Isroil "terroristlar" deb e'lon qildi

Dunyo

Isroil harbiylari G‘azo sektorida halok bo‘lgan falastinlik fuqarolarni "terroristlar" deb e'lon qilishganini tan oldi. Isroil armiyasi askarlari, bosib olingan hududlarda tinch aholini o‘ldirishgan.

Falastin aholisini Isroil "terroristlar" deb e'lon qildi
"Hatto G‘azo sektoridagi binolar, agar ularda terrorchilar yoki dushmanlar borligi aniqlangan bo‘lsa, bombardimon qilinib, vayron qilingan. Bu vayronalar atrofida g'azolik tinch aholi kelib yashashga qo'rqishadi, chunki isroilliklar bu hududlarga tez-tez kelib hududni "tozalab ketishadi", bu haqida Isroilning Haaretz nashri ma'lum qilgan.

Isroil armiyasining G‘azoda xizmat qilayotgan, ismini oshkor qilmagan katta ofitserning so'zlariga ko'ra: "Armiyaning oldiga qo'ygan maqsadi sifatida belgilangan bino, har doim ishg'ol qilinishi kerak bo'gan va bizga tegishli hioblanadi", deb hududlar doimiy nazoratda bo'lishi ta'kidlagan.

Shuningdek, ba'zi binolarda hayot yana normal holatga qaytganidan keyin, ushbu binolarga kirgan har qanday kishini o‘qqa tutish qarori qabul qilinganini qo‘shib qo‘ydi. Uning so‘zlariga ko‘ra: "Koridordagi har qanday binoga kirgan har qanday shaxs, uning kimligidan qat’i nazar, o‘qqa tutiladi."

252-diviziyada xizmat qilgan boshqa bir ofitser G‘azoda tinch aholini o‘ldirganini tan oldi: "Bizning bo‘linmamiz o‘qchi snayperlar zonasidagi maqsadlarni(g'azolik aholini ular shunday atashadi) o‘ldirishga ruxsat beradi. Biz tinch aholini, ularni terrorchi deb hisoblab, o‘ldiramiz."

Isroil armiyasining matbuot kotibi o‘ldirilganlar soni haqida bergan ma'lumotlari, harbiy bo‘linmalar orasida raqobatga aylangan. Masalan, 99-diviziya 150 kishini o‘ldirgan bo‘lsa, boshqa bir bo‘linma 200 kishini o‘ldirish maqsad qilib qo‘ygan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing