Faol nuroniylar har oy 577 500 so‘mdan rag‘batlantiriladi
O'zbekiston
“Kambaallikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirishga faol nuroniylarni jalb etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi 405-sonli Prezident qarori qabul qilindi.
Qaror bilan mahallalarda katta hayotiy tajribaga ega bo‘lgan obro‘-e’tiborliga ega uch nafar faol nuroniy beshta kambagal oilaga biriktiriladi.
Oilalarni kambag‘allikdan chiqarishda nuroniylarning asosiy faoliyat yo‘nalishlarida quyidagilar amalga oshiriladi:
➖Xonadon tomorqasidan samarali foydalanish va kichik ishlab chiqarish uskunalari hamda boshqa zarur texnika vositalarini bo‘lib to‘lash sharti bilan ijara olishga yordam berish;
➖Oila farzandlarini hunarmand va ustalarga shog‘irdlikka biriktirish, shuningdek, ushbu oilalarning ta’lim muassasalarida o‘qiyotgan farzandlarini o‘quv jihozlari va qurollari hamda sport kiyimlari bilan ta’minlash;
➖Piyoda yurish madaniyatini targ‘ib qilish;
➖Keksa yoshdagi fuqarolar uchun mos keladigan sport tadbirlarini tashkil etish, ularni jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishga jalb etish.
Faol nuroniylar har oyda MHTEKMning 50 foizi (hozirda bu summa 577 500 so‘m) miqdorida rag‘batlantirib boriladi.
Keksa yoshdagi fuqarolarni sportga jalb qilish uchun har bir mahallaga yiliga 10 million so‘m miqdorida mablag‘ ajratiladi.

Powered by Froala Editor