Farg‘onada 800 o‘rinli yirik klinika quriladi

O'zbekiston

Farg‘ona viloyatida 800 o‘rinli zamonaviy ko‘p tarmoqli klinika barpo etiladi. U mintaqadagi eng yirik tibbiy loyihalardan biriga aylanishi kutilmoqda hamda viloyat va qo‘shni hududlar aholisi uchun yuqori texnologiyali tibbiy xizmatlarni taqdim etadi.

Farg‘onada 800 o‘rinli yirik klinika quriladi
Loyiha O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni kompaniyalari hamkorligida amalga oshirilmoqda, deya ma’lum qildi viloyat hokimligi. Klinikani uch yil ichida foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.

Yangi markazda kardiokirurgiya, neyroxirurgiya va organ transplantatsiyasi kabi xizmatlar ko‘rsatiladi. Klinikani ishga tushirish murakkab operatsiyalarni hududning o‘zida amalga oshirish imkonini kengaytirishi kutilmoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing