Farg‘onaga Kampirobod suv omboridan ichimlik suvi tortiladi
O'zbekiston
Farg‘ona viloyati hokimligi Kampirobod suv omboridan Farg‘ona shahriga toza ichimlik suvi tortish loyihalari borasida Xitoyning Sinomash xoldingi bilan dastlabki kelishuvlarga erishgan.
Kampirobod suv omboridan Farg‘ona shahriga toza ichimlik suvi tortib kelinadi. Bu bo‘yicha Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov boshchiligidagi Farg‘ona viloyati delegatsiyasi hududlararo investitsiyaviy, savdo-iqtisodiy, ijtimoiy sohalardagi hamkorlik aloqalarini kengaytirish uchun Xitoyga tashrifi davomida kelishuvga erishdi.
Qayd etilishicha, viloyatdagi ijtimoiy muassasalarni qurish yoki kapital rekonstruksiya qilish hamda Kampirobod suv omboridan Farg‘ona shahriga toza ichimlik suvi tortish loyihalari borasida Xitoyning Sinomash xoldingi bilan dastlabki kelishuvlarga erishilgan.
Tashrif davomida kelishuvga erishilgan 12 ta kompaniya rahbariyatining joriy yil sentyabr-oktyabr oylarida Farg‘ona shahriga yetib kelishi rejalashtirildi.

Powered by Froala Editor