FIFA-2026 chempionati uchun to‘lov miqdorlarini e’lon qildi

Sport

FIFA 2026 yilgi jahon chempionati uchun rekord mukofot jamg‘armasini tasdiqladi. Endi O‘zbekiston termasining maydondagi natijasidan qat’iy nazar, birinchi marta bo‘ladigan jahon chempionatida ishtirok etishi uchun qancha miqdorda garantiya olishi aniq ma’lum.

FIFA-2026 chempionati uchun to‘lov miqdorlarini e’lon qildi
FIFA 2026 yilgi jahon chempionati uchun misli ko‘rilmagan mukofot jamg‘armasini tasdiqlab, moliyaviy yutuqqa erishdi. Milliy assotsiatsiyalar o‘rtasida taqsimlanadigan umumiy mablag‘ 727 million dollarni tashkil etadi, bu Qatardagi turnirdagidan 50% ko‘p.

Ushbu summaning 655 million dollari ishtirok etadigan 48 terma jamoa uchun mukofot mablag‘i hisoblanadi. O‘zbekiston termasi ham o‘z ichiga olgan har bir jamoa uchun minimal garantiya daromad 10,5 million dollarni tashkil qiladi. Bu miqdor ikki qismdan iborat: ishtirok etish uchun 9 million dollar (33-48-o‘rinlar) va turnirga tayyorgarlik ko‘rish uchun qo‘shimcha 1,5 million dollar.

Shunday qilib, jahon chempionatiga birinchi marta chiqish o‘zbek futboliga yirik moliyavrik turtki beradi. Portugaliya va Kolumbiya bilan K guruhida muvaffaqiyatli o‘yin ko‘rsatish va pley-off bosqichiga chiqish holatida mukofot mablag‘i sezilarli darajada oshishi mumkin. Masalan, 17-32-o‘rinlarni egallagan jamoalar har biri 11 million dollar oladi, jahon chempioni esa 50 million dollar olib ketadi.

2026 yilgi jahon chempionati birinchi marta uchta davlatda (AQSh, Kanada, Meksika) o‘tkazilishi, shuningdek, 48 terma jamoa ishtirokida birinchi bo‘ladi. O‘zbekiston termasi Portugaliya, Kolumbiya va pley-off o‘yinlari g‘olibi bilan K guruhida to‘p suradi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing