FIFA Prezidenti Olimpiya shaharchasiga tashrif buyurdi
Sport
FIFA Prezidenti Janni Infantino Toshkentdagi Olimpiya shaharchasiga tashrif buyurib, uning infratuzilmasini yuksak baholadi.
Delegatsiya safida O‘zbekiston sport vaziri Adham Ikramov, MOQ birinchi vitse-prezidenti Otabek Umarov, O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov hamda boshqa rasmiylar ham bo‘ldi.
2022-yil 9-noyabrda qurilishi boshlangan Olimpiya shaharchasi 100 gektardan ortiq hududda qad rostlagan bo‘lib, unda zamonaviy, ko‘p funksiyali sport inshootlari jamlangan. Majmua xalqaro standartlarga to‘liq javob beradi va dunyo miqyosidagi musobaqalarni qabul qilishga tayyor.
Infantino bu majmua o‘zbek xalqining bunyodkorlik salohiyati va mamlakat sportida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning yorqin ramzi ekanini ta’kidladi. U shuningdek, energiya tejamkorlik, innovatsion yechimlar va me’moriy mukammallikka alohida e’tibor qaratdi.

Powered by Froala Editor