FIFA prezidenti Shavkat Mirziyoyevga futbolka sovgʻa qildi

Siyosat

5-may kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xalqaro futbol federatsiyasi rahbari Janni Infantino bilan uchrashdi. Uchrashuvda mamlakatimizda futbolni ommalashtirish va yirik tadbirlarni birgalikda o‘tkazish masalalari ko‘rib chiqildi.

FIFA prezidenti Shavkat Mirziyoyevga futbolka sovgʻa qildi
Nufuzli global sport tashkiloti rahbari mamlakatimizda futbolni rivojlantirish, unga yoshlar va qizlarni keng jalb qilish, iste’dodlarni tarbiyalash, ommabop va zamonaviy infratuzilmani yaratish, malakali murabbiylar va soha mutaxassislarini tayyorlash bo‘yicha olib borilayotgan islohotlarni yuksak baholadi va to‘liq qo‘llab-quvvatladi.

Janni Infantino O‘zbekiston yetakchisini yoshlar terma jamoamiz yaqinda Osiyo Kubogida g‘alaba qozongani bilan samimiy tabrikladi. Bu sohada amalga oshirilayotgan amaliy ishlar samaradorligining navbatdagi tasdig‘i ekanini ta’kidladi.

O‘zbekistonda jahon miqyosidagi sport tadbirlari va birinchiliklariga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish, milliy terma jamoani tayyorlash, infratuzilmani rivojlantirish va Assotsiatsiyamiz salohiyatini oshirishga texnik ko‘makni kengaytirish hamda iqtidorli futbolchilarni seleksiya qilish tizimini ishlab chiqish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Infantino Mirziyoyevga shaxsiy futbolka sovgʻa qildi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing