Florida shtatida bakteriyalar bilan zararlanish oqibatida 13 kishi halok bo‘ldi

Dunyo

Bunga sabab “Helen” va “Milton” to‘fonlari tufayli tarqalgan Vibrio vulnificus bakteriyasidir.

Florida shtatida bakteriyalar bilan zararlanish oqibatida 13 kishi halok bo‘ldi
New York Post nashrining bergan ma’lumotiga ko’ra, bo‘ronlardan keyin qolgan sel suvlari turli bakteriyalar, jumladan, Vibrio vulnificus uchun qulay yashash joyiga aylangan va shtatda jami 76 ta kishida kasallik holati qayd etilgan, bu o‘tgan yilga nisbatan 30 taga ko‘pdir. Ushbu bakteriya ochiq yaralarga dengiz suvi tushishi yoki xom dengiz mahsulotlarini iste’mol qilish orqali yuqishi mumkin. Virusning dastlabki alomatlari orasida isitma, titroq, past qon bosimi va terining shikastlanishi mavjud.

CNN maʼlumotlariga ko‘ra, 26-sentyabr kuni Florida shtatida “Helen” to‘foni sodir bo‘lganidan keyin Vibrio vulnificus infeksiyasi yuqish ko’rsatgichi o’sgan. Amerika Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi ma’lumotlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlarda o‘rtacha 150 tadan 250 tagacha Vibrio vulnificus infeksiyasini yuqtirish holatlari qayd etilgan. Infeksiya yuqqan har beshinchi odam vafot etadi.

Floridada “Helen” to‘foni 200 kishining hayotiga zomin bo‘lgan bo‘lsa, 5-oktyabrda shtatga yopirilgan Milton to‘foni oqibatida 17 kishi halok bo‘ldi. Hisobotlarga ko‘ra, “Helen” va “Milton”dan ko‘rilgan zarar 195-230 milliard dollarni tashkil qiladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing