FNQIZ AI-80 va AI-92 benzinini ishlab chiqarishni ikki baravarga oshiradi

O'zbekiston

Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi 11-dekabrdan boshlab AI-80 va AI-92 benzinlarining umumiy ishlab chiqarish hajmini kuniga 1000 tonnagacha oshiradi.

FNQIZ AI-80 va AI-92 benzinini ishlab chiqarishni ikki baravarga oshiradi
“Saneg” kompaniyasi matbuot xizmatining xabar berishicha, benzin ishlab chiqarish hajmining oshirilishi zavodda amalga oshirilayotgan modernizatsiya doirasidagi yangi texnologik yechimlar samarasi bo‘lib, yoqilg‘i bozorida barqaror taklifni ta’minlab, zavodga qish mavsumida iste’molchilar talabini samarali qondirish imkonini beradi.

"Avtomobil dvigatellari yuqori sifatli va sovuqqa chidamli yoqilg‘i talab qiladigan palla - qish mavsumida yoqilg‘iga tobora ortib borayotgan talabga javoban ana shunday strategik qaror qabul qildi. Benzin ishlab chiqarish hajmining oshirilishi yoqilg‘i bozorida barqaror taklifni ta’minlab, zavodga qish mavsumida iste’molchilar talabini samarali qondirish imkonini beradi", deyiladi xabarda.

“Saneg” kompaniyasi bosh direktorining neftni qayta ishlash bo‘yicha o‘rinbosari Latipov Habib benzin ishlab chiqarish hajmining oshirilishi zavodda amalga oshirilayotgan modernizatsiya doirasidagi yangi texnologik yechimlar samarasi bo‘lib, aholini arzon yoqilg‘i bilan ta’minlashga qaratilganini alohida ta’kidladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing