Fransiya G'arbning Ukrainani muzokaralarga ko'ndirish niyatini ma’lum qildi

Dunyo

G‘arb Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyni Rossiya bilan ehtimoliy muzokaralarga kirishishga ko‘ndirish choralarini tayyorlamoqda. Bu haqda 17-may kuni “Izvestiya” axborot agentligi Europe 1 radiostansiyasiga tayanib xabar berdi.

Fransiya G'arbning Ukrainani muzokaralarga ko'ndirish niyatini ma’lum qildi
Qayd etilishicha, G‘arb hukumatlari Vladimir Zelenskiyni muzokaralar tamoyilini qabul qilishga ko‘ndirish uchun kelishilgan diplomatik harakatlar tayyorlamoqda.

G'arbda muzokaralar haqida gap-so'zlar kuchaymoqda. Shu kunning o‘zidayoq polshalik general Valdemar Shkipchak G‘arb davlatlari Ukrainadagi qon to‘kilishini to‘xtatish uchun imkon qadar tezroq Rossiya bilan mojaroga chek qo‘yishi kerakligini aytdi.

15-may kuni Chexiya prezidenti Petr Pavel ham mojaroni to‘xtatish zarurligini, shundan so‘ng mamlakatning kelajakdagi tuzilmasi bo‘yicha muzokaralar boshlanishi kerakligini ta’kidladi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Moskva muzokaralarga tayyorligini bir necha bor taʼkidlagan. Ikki kun avval harbiy okruglar qo‘mondonlari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda u Rossiya har doim Ukraina inqirozini diplomatik yo‘llar bilan hal qilishga intilganini va bundan buyon ham maqsad qilib qo‘yishini ta’kidladi.

Soʻnggi marta Rossiya va Ukraina oʻrtasidagi muzokaralar 2022-yil 29-mart kuni Turkiyaning Istanbul shahrida boʻlib oʻtdi. Ular taxminan uch soat davom etdi. Keyinchalik Kiyev Moskva bilan keyingi aloqalarni rasman rad etdi. 2022-yil 4-oktyabrda Zelinskiy mamlakat milliy xavfsizlik va mudofaa Kengashining Putin bilan muzokaralar o'tkazishning iloji yo'qligi to'g'risidagi qarorini kuchga kiritdi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing