Fransua Bayruni, Makron Fransiyaning bosh vaziri etib tayinladi

Siyosat

Emmanuel Makron uzoq mulohazalardan so‘ng nihoyat o‘zining ittifoqchisi, markazchi va Demokratik harakat partiyasi yetakchisi Fransua Bayruni Fransiyaning bosh vaziri etib tayinladi. Bu haqida BFMTV Yelisey saroyiga tayanib xabar berdi.

Fransua Bayruni, Makron Fransiyaning bosh vaziri etib tayinladi
Makron yangi bosh vazirga hukumat tuzishni, «Milliy Assambleya tomonidan senzura tahdididan omon qola oladigan va byudjetni qabul qila oladigan» hukumatni tashkil qilishni topshirdi.

Dekabr oyining boshida Fransiya parlamenti 1962-yildan beri ilk bor hukumatga nisbatan ishonchsizlik votumini ma’qulladi. Buning natijasida sentyabr oyida lavozimiga tayinlangan bosh vazir Mishel Barnye va uning hukumati iste’foga chiqqan edi. Sababi Barnier hukumati byudjet loyihasini parlament bilan kelishilmagan holda qabul qilgan.

Fransuz siyosatchisi va yozuvchisi Fransua Rene Jan Lyusyen Bayru 1951-yil 25-mayda Borderda tug‘ilgan. U avval Fransiyaning adliya vaziri, ta’lim vaziri bo‘lgan, shuningdek, Fransiya demokratiyasi ittifoqi (UDF) raisi va 2002, 2007 hamda 2012-yillardagi prezidentlik saylovlarida prezidentlikka nomzod sifatida ham qatnashgan. Bundan tashqari, Bayru Yevropa Demokratik Partiyasining hammuassisi hisoblanadi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing