FSB Britaniya razvedkachisini diplomatik niqob ostida fosh qilganini e’lon qildi
Dunyo
Rossiya FSBsi Moskvada diplomatik lavozim niqobi ostida ishlagan britaniyalik razvedkachi aniqlanganini bildirdi.
Rossiya Federal xavfsizlik xizmati Buyuk Britaniya maxsus xizmatlari agenti fosh etilganini ma’lum qildi. Bu haqda RIA Novosti FSBga tayanib xabar berdi.
Idora ma’lumotlariga ko‘ra, 1980 yilda tug‘ilgan Devis Garet Semyuel Rossiyaga Buyuk Britaniyaning Moskvadagi elchixonasida ma’muriy-xo‘jalik bo‘limining ikkinchi kotibi lavozimi ostida yuborilgan. FSB uning faoliyati razvedka xarakteriga ega bo‘lganini ta’kidlamoqda.
Semyuelning akkreditatsiyasi bekor qilindi va unga ikki hafta ichida Rossiyani tark etish topshirildi.
Shuningdek, hodisa yuzasidan Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Buyuk Britaniyaning vaqtinchalik vakili Deyni Dolakiyani tushuntirish berish uchun chaqirdi. Londonning rasmiy munosabati hozircha e’lon qilinmagan.

Powered by Froala Editor