Yaponiyaning Fukusima viloyatida 6,0 magnitudali zilzila sodir bo'ldi

Dunyo

Yaponiyaning Xonsyu orolining shimoli-sharqiy qirg'og'ida 6 magnitudali zilzila qayd etildi. Bu haqda mamlakat milliy meteorologiya boshqarmasi xabar berdi.

Yaponiyaning Fukusima viloyatida 6,0 magnitudali zilzila sodir bo'ldi
Seysmologlarning ma'lumotlariga ko'ra, zilzila epimarkazi tinch okeanida Fukusima viloyati yaqinida 40 kilometr chuqurlikda joylashgan.

Qurbonlar va vayronagarchiliklar haqida hali hech qanday ma'lumot yo'q. Seysmik hodisani boshqa vilyoatlar aholisi ham his qilgan: Akita, Aomori, Ivate, Miyagi, Chiba va Tokio.

Eslatib o'tamiz, bir kun oldin Tayvanning Sharqiy qirg'og'ida bir qator kuchli zilzilalar qayd etilgan edi. Eng kuchli zilzila magnitudasi 7,5 ni tashkil etdi. Oqibatda to'qqiz kishi halok bo'ldi, mingdan ortiq kishi jarohat oldi. Ushbu zilzila so'nggi 25 yil ichida orolda eng kuchli zilzila bo'ldi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing