Fuqarolarga beriladigan bank kartalari soniga cheklov kiritildi

O'zbekiston

1-yanvardan O‘zbekiston Markaziy banki mamlakatda bitta jismoniy shaxsga beriladigan bank kartalari sonini bitta bankda 5 tagacha, barcha banklarda umumiy hisobda 20 tagacha berilishi to'g'risida cheklov o'rnatdi. Bunda virtual va kobeyjing kartalari ham inobatga olinadi.

Fuqarolarga beriladigan bank kartalari soniga cheklov kiritildi
Markazik bank bunday amaliyot kartalar bilan bog‘liq shubhali (frod) operatsiyalarning oldini olish, firibgarlik sxemalarida jismoniy shaxslarga tegishli hisobvaraqlar va bank kartalari ishtirokini kamaytirish maqsadida yo‘lga qo‘yilayotganini ma’lum qilgan. Bunda ushbu talab chet el valyutasida ochilgan bank kartalariga nisbatan tatbiq etilmasligi ko‘zda tutilgan.

Ma'lumotlarga ko'ra, bugungi kunda bank kartalariga ega, jismoniy shaxslarning qariyb 97 foizida (22 mln ta) 5 tagacha, 3 foiz (770 mingta) jismoniy shaxsda 5-20 gacha hamda 0,03 foizda yoki 7 mingta jismoniy shaxsda 20 tadan oshiq kartalar rasmiylashtirilgan.

Jismoniy shaxslar nomiga ko‘p miqdorda ochilgan bank kartalarini tahlil qilish jarayonida, ushbu bank kartalarining bir qismidan (aksariyat holatlarda karta egasining xabari yo‘q) firibgarlik maqsadlarida foydalanilayotgani aniqlangan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing