Futzal bo‘yicha Jahon chempionatida Braziliya g‘olib chiqdi
Sport
O‘zbekistonda mezbonlik qilgan futzal bo‘yicha jahon chempionati nihoyasiga yetdi, va barcha g‘olib hamda sovrindorlar aniqlandi. Final bahsi Toshkentdagi “Humo Arena”da bo‘lib o‘tib, unda Braziliya va Argentina terma jamoalari kuch sinashdi.
Shiddatli o‘yinda Braziliya terma jamoasi 2:1 hisobida g‘alaba qozonib, o‘zining oltinchi jahon chempionligini qo‘lga kiritdi. O‘yindagi gollarni Ferrao, Rafa Santos va Matias Rosa kiritdi. Argentina esa finalga qadar muvaffaqiyatli ishtirok etib, jahon birinchiligida ikkinchi o‘rinni egalladi. Ukraina terma jamoasi esa uchinchi pog‘onadan joy oldi.
Braziliya terma jamoasi a’zosi Marsel chempionatning eng yaxshi to‘purariga aylandi, u musobaqa davomida 10 gol urdi. Shuningdek, eng yaxshi darvozabon deb Villian e’tirof etildi, Diyego esa turnirning eng yaxshi o‘yinchisi bo‘ldi.
Final o‘yinini 9 mingdan ortiq tomoshabin kuzatdi. O‘zbek rasmiylari bilan birga FIFA prezidenti Janni Infantino va boshqa xalqaro martabali mehmonlar ham ushbu tarixiy bahsni jonli kuzatib turdi.

Powered by Froala Editor