G'azoda 1,6 milliondan ortiq falastinlik uylarini tark etishga majbur bo'ldi
Dunyo
Oxirgi ikki kun ichida bosqinchilar xalqaro hamjamiyat tomonidan taqiqlangan oq fosforli bombalardan foydalanishni kuchaytirdilar - G'azo IIV.
7-oktyabrdan beri qamalda qolgan G'azo sektorida Isroil hujumlari oqibatida 1 million 600 mingdan ortiq falastinlik uylarini tark etishga majbur bo'ldi.
G'azo Ichki ishlar vazirligi rasmiysi Iyad al-Bezm matbuot anjumanida Isroil G'azo shahri aholisini ko'chirish uchun boshpana va shifoxonalarni nishonga olganini aytdi.
“Isroilning G’azo sektoriga uyushtirgan hujumlari natijasida 1 million 600 mingdan ortiq falastinlik uylarini tark etishga majbur bo’ldi”, - deydi Bezm.
“Oxirgi ikki kun ichida ishg’olchilar xalqaro miqyosda taqiqlangan oq fosforli bombalardan foydalanishni kuchaytirganini” qayd etgan rasmiy, yana bir bor “vijdon ahlini” G’azodagi urushni tugatish uchun Isroilga bosim o’tkazishga chaqirdi.

Powered by Froala Editor