G‘azoda halok boʻlgan bolalar soni 5,3 mingdan oshdi – UNICEF

Dunyo

Bu raqam hali ham bedarak yo'qolgan va vayronalar ostida ko'milgan ko'plab bolalarni o'z ichiga olmasligi aytilmoqda.

G‘azoda halok boʻlgan bolalar soni 5,3 mingdan oshdi – UNICEF
Falastin-Isroil mojarosi avj olganidan beri 5,3 mingdan ortiq falastinlik bola halok bo‘ldi. Bu haqda BMTning UNICEF bolalar jamg‘armasi ijrochi direktori Ketrin Rassel ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, “gumanitar pauzaga”cha 48 kun davom etgan bombardimonlarda 5,3 mingdan ortiq falastinlik bolalar halok bo‘lgan.

Rasselning ta'kidlashicha, bu raqam hali ham bedarak yo'qolgan va vayronalar ostida ko'milgan ko'plab bolalarni o'z ichiga olmaydi.

“Agar zo‘ravonlik avvalgi koʻlamiga va shiddatiga qaytsa, taxmin qilishimiz mumkinki, har kuni yana yuzlab bolalar halok bo‘ladi va yaralanadi. Agar muhtojlarga suv, oziq-ovqat, dori-darmon, ko‘rpa-to‘shak, issiq kiyim yetkazib bera olmasak, insonparvarlik falokatiga duch kelamiz”, deyiladi bayonotda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing