G‘azoda halok bo'lgan falastinliklar soni 5 ming kishidan oshib ketdi
Dunyo
Halok boʻlganlarning 2055 nafari bolalardir.
Isroilning falastinliklarga qilgan hujumlari oqibatida halok bo'lganlar soni 5087 kishiga yetdi. Bu haqda G'azo sektori Sog'liqni saqlash vazirligi ma'lum qildi.
Vazirlik maʼlumotlariga koʻra, halok boʻlganlar orasida 2055 nafar bola, 1119 nafar ayol va 217 nafar qariya mavjud.
Qayd etilishicha, mintaqaga qilingan hujumlar natijasida 15 mingdan ortiq odam jarohatlangan. Vazirlik, shuningdek, 57 nafar tibbiyot xodimi halok bo‘lgani va 100 nafari yaralangani haqida xabar berdi.
Ma‘lumotlarga ko'ra, Isroil tomonida esa, urush boshlanganidan beri 1,4 ming kishi halok bo‘lgan, 4,9 ming kishi esa jarohatlangan.
Powered by Froala Editor