G‘azoda har kuni 400 dan ortiq bola jarohatlanyapti yoki halok bo‘lyapti - UNICEF
Dunyo
UNICEF mojaro avj olganidan beri G‘azo sektorida 2,3 mingdan ortiq bola halok bo‘lganini e’lon qildi.
Mojaro avj olgandan beri G‘azo sektorida kamida 2,3 ming bola halok bo‘ldi, 5,3 mingdan ortig‘i esa jarohatlandi. Bu haqda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamg‘armasi (UNICEF) bayonotida aytiladi.
“O‘tgan 18 kun ichida G‘azo sektori o‘z farzandlarining halokatli qurbon bo‘lishiga guvoh bo‘ldi, davom etayotgan hujumlarda 2360 nafar bola halok bo‘ldi va 5364 nafari esa jarohat oldi”, deyiladi bayonotda.
Bayonotda har kuni 400 dan ortiq bolalar halok bo'lishi yoki jarohatlanishiga aniqlik kiritiladi. “Ushbu 18 kunlik davr G‘azo sektori va Isroilda 2006-yildan beri BMT guvohi bo‘lgan janglarning eng qonli avj olishini ifodalaydi”, deyiladi bayonotda.
Shuningdek, Falastin anklavining Sog'liqni saqlash vazirligi Yaqin Sharqda mojaro avj olgan paytdan beri Isroilning G'azo sektoriga uyushtirgan hujumlari natijasida halok bo'lgan falastinliklar soni 5 mingdan oshganini, 15 mingdan ortiq kishi esa jarohat olganini ma'lum qildi. Vazirlik ma'lumotlariga ko'ra, birgina so'nggi 24 soat ichida Isroilning o'qqa tutishi oqibatida 436 nafar falastinlik, jumladan 182 nafari bola halok bo'lgan.

Powered by Froala Editor