Gʻazoda UNRWAning 132 nafar xodimi halok bo‘ldi

Dunyo

5-dekabr holatiga ko‘ra, majburan ko‘chirilgan 1,2 million falastinlik UNRWAning 155 ta obyektida boshpana topgan.

Gʻazoda UNRWAning 132 nafar xodimi halok bo‘ldi
7-oktabrdan beri Isroilning G‘azo sektoriga uyushtirilgan hujumlar oqibatida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Falastinlik qochqinlarga yordam ko‘rsatish agentligining (UNRWA) 132 nafar xodimi halok bo‘ldi. Bu haqda tashkilot bayonotida ma’lum qilindi.

Hisobotda aytilishicha, ko‘chirilgan falastinliklar boshpana topgan Bayt Lahiya hududi va G‘azo shimolidagi ikkita maktab 4-dekabr kuni to‘g‘ridan-to‘g‘ri zarbaga uchragan. Bundan tashqari, Deyr al-Balah va Nusayrat hududlaridagi yana ikkita maktab bilvosita zarbaga uchragan. 5-dekabr kuni UNRWAning yana ikki xodimi halok bo‘lishi bilan G‘azo sektorida halok bo‘lgan agentlik xodimlari soni 132 nafarga yetgan.

Qayd etilishicha, G‘azo sektori aholisining 85 foizini tashkil qiluvchi 1,9 million falastinlik o‘z uyini tashlab ketgan va 5 dekabr holatiga ko‘ra, 1,2 million falastinlik UNRWAning 155 ta obyektida boshpana topgan. 1 million g‘azolik G‘azo sektorining markaziy qismidagi UNRWAning 98 ta obyektida hamda mintaqa janubidagi Xon Yunis va Rafah shaharlarida qolayotgani qayd etilgan. Biroq, UNRWAning 98 ta obyektidan 64 tasi Xon Yunis va Rafahda joylashgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing