G'azodagi maktablarning 30 foizi to'g'ridan-to'g'ri zarbalarga uchradi

Dunyo

Buni BMT rasmiysi Stefan Dyujarrik kundalik matbuot anjumanida tasdiqladi.

G'azodagi maktablarning 30 foizi to'g'ridan-to'g'ri zarbalarga uchradi
BMTning Gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi (GMMB) maʼlumotlariga koʻra, mintaqadagi yordam xodimlari Isroil hujumlarining taʼlim muassasalariga taʼsirini baholash uchun sunʼiy yoʻldosh tasvirlarini tahlil qilgan.

G'azo sektoridagi 563 ta maktab binosidan 162 tasi to'g'ridan-to'g'ri zarbalarga uchragan, bu barcha maktablarning 30% ni tashkil qiladi, 26 ta maktab esa butunlay vayron bo'lgan.

Matbuot kotibining ta’kidlashicha, 175 mingga yaqin o‘quvchi va 6,5 ming o‘qituvchi jabr ko‘rgan va G‘azo sektoridagi maktablarning kamida 55 foizi to‘liq rekonstruksiya yoki ta’mirlashga muhtoj.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing